62-xalqaro an’anaviy gullar festivali boshlandi.

O‘zbekistonning gullar markazi deya tan olingan Namanganda kuni kecha 62-xalqaro an’anaviy gullar festivali boshlandi. Festivalga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar tashrifi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli istirohat bogʻida 15 million, shahar koʻchalarida 10 million, jami 25 million gul va koʻchatlar ekildi hamda shahar koʻchalari turfa xil shaklda bezatildi.
Shuningdek ushbu festivalda turli korxona hamda tashkilotlar o’zlarining ekspozitsiyalari bilan ishtirok etishmoqda. Jumladan, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyati filiali ham ushbu festivalda faollik ko’rsatmoqda.
Eslatib o’tamiz, xalqaro an’anaviy gullar festivali 21-iyunga qadar davom etadi.

Loading

//