Farg’ona viloyatida g’alla o‘rish kombaynlarini mavsumga tayyorligi ko’zdan kechirildi.

“O‘zAgroLizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov tomonidan Farg’ona viloyati tumanlarida g’alla o‘rish kombaynlarini mavsumga tayyorligi ko’zdan kechirildi.
Farg’ona viloyati Quva tumani MTP hududida g’alla mavsumiga ta’mirga terilgan kombaynlar, ularga xizmat ko’rsatuvchi opearatorlar va servis xodimlariga tashkil etilgan sharoitlar bilan ham tanishildi.
Toshloq tumanida ham ta’mirga terilgan kombaynlar ko’zdan kechirildi hamda Farg’ona don klasteri mas’ul hodimlariga ta’mirlash ishlarini jadallashtirish bo’yicha jamiyat Boshqaruv raisi N.Otajonov tomonidan topshiriqlar berildi.
Farg’ona viloyati, Bag’dod tumani, “Bag’dod qishloq xo’jaligi texnika MTP” MCHJ rahbari Baxouddin Nazirov, jamiyat boshqaruv raisi N.Otajonov hamda “O‘zAgroLizing” AJning Farg’ona viloyati filiali mas’ul xodimlari ishtirokida g’alla mavsumiga ta’mirga yig’ilgan umumiy 24 dona texnikalar, 5 dona New Holland, 2 dona Case, 17 dona Claas Dominator rusumli don o’rish kombaynlari ko’zdan kechirildi. Ko’rik davomida g’alla o’rish mavsumida har bir kombayn haydovchi operatorlarga bittadan dam olish uchun moslashtirilgan tirkamalar shay holga keltirilganligi o’rganildi.
Buvayda tumani “Agromash Fayz Invest” MCHJ hududiga terilgan kombaynlar ko’zdan kechirildi. Shu jumladan 3 ta New Holland, 3 ta Case va 20 ta Claas Dominator kombaynalari mavsumga shay holda turganligi o’rganildi.

Loading

//