Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar tahlili.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda ularning qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish maqsadida, Jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida amalga oshirilmoqda.
2023-yil 1-yarim yillikda Jamiyatga jami 25 ta Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.
✅ Shundan:
⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 6 ta;
⏺ Jamiyat ishonch telefoni orqali 2 ta;
⏺ Jamiyat elektron pochtasi orqali 1 ta;
⏺ Boshqaruv raisi nomiga 16 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelgan.
Umumiy kelib tushgan murojaatlarning 20 tasi yuridik shaxslardan 5 tasi jismoniy shaxslardan.
Murojaatlarning ijrosi bo‘yicha 6 ta murojaat qanoatlantirilgan, 19 ta murojaat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tushuntirishlar berilgan.
Jamiyatning hududiy filallari va tizim korxonalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Loading

//