“O’zagrolizing kubogi-2023” sport turnirlari boshlandi.

«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyatida Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “O’zagrolizing kubogi-2023” futbol musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Bugundan start olgan ushbu musobaqa 5 bosqichli bo‘lib, unda «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyatining markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari g‘oliblik uchun to‘p surishadi.

G‘olib nomi esa 25-avgust kuni final bosqichida aniqlanadi. O‘yindan so‘ng g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Musobaqa tafsiloti va chempion nomini rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali eʼlon qilamiz.

Loading

//