“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2023-yil 28-sentyabr kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2023-yil 28-sentyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
 Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan “Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv Qoidalari” tavsiyalariga rioya qilish majburiyatini olish va ushbu Qoidalarga jamiyatning rioya etishi toʻgʻrisidagi xabar berish shaklini tasdiqlash.
  4. “Oʻzagrolizing” AJ “Axloq kodeksi”ni tasdiqlash.
  5. Jamiyat tomonidan mazkur jamiyatning affillangan shaxslari va yirik bitimlar boʻyicha kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash. 
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar: 
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 6-sentyabr;
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 22-sentyabr.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
 Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47
Oʻzagrolizing” AJ Kuzatuv kengashi

Loading

//