“O’zagrolizing” AJning hududiy filiallarida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Maʻlumki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan respublikamizda milliy libosimizda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida “Xon atlas” festivali oʻtkazilmoqda.
O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida, kuni kecha “O’zagrolizing” AJning hududiy filiallarida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Milliy urf-odatlarni tarannum etuvchi festival doirasida milliy liboslar taqdimoti va fotosessiya tashkil etildi.