O‘zbekiston-Chexiya Biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston-Chexiya Biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O’zbekiston va Chexiya biznes vakillari, vazirlik hamda idoralar, shuningdek, “O’zagrolizing” AJ ning boshqaruv a’zolari va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Biznes forumda O‘zbekiston va Chexiya respublikalari Qishloq xo‘jaligi vazirlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Chexiya Respublikasi Sanoat uyushmasi raisi so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligi biznes vakillari uchun yaratilgan sharoitlar, hamkorlik yo‘nalishlari, ta’lim, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi texnikalari, farmatsevtika, sanoat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik yuzasidan nutq so‘zladilar.
Forum davomida jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Nasirdinov Chexiya Respublikasi qishloq xo‘jaligi texnika ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.
Jumladan “Zetor traktors” vakillari bilan turli xil ot kuchiga ega traktorlar yetkazib berish hamda N.O.P.O.Z.M. s.r.o. vakili bilan boronalar va omochlarni yetkazib berish bo‘yicha suhbatlashildi. Shuningdek, Jamiyat mutaxassislari, omochlar yuzasidan OPaLL-AGRI s.r.o. bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Loading

//