Jamiyat Boshqaruv raisining bayram tabrigi.

Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar!
Millatimiz ruhi, milliy g’ururimiz — o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o’ttiz to’rt yilligi hamda “21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Jamiyatimizning barcha xodimlari va yurtdoshlarimizni chin qalbimdan tabriklayman.
Bugungi kunda jonajon O’zbekistonimiz har sohada dunyoning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlari reytinglarida yuqori o’rinlami qayd etmoqda. Bunga, albatta, olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, amaliy natijalar sabab bo’lmoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi. Milliy til esa mamlakat taraqqiyoti, jamiyat rivojida katta o’rin egallaydi. Har bir xalq, elatni milliy tilsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, milliy tilda millat ruhi, uning boy tarixiy qiyofasi, milliy qadriyatlar, sobit e’tiqodlar aks etgan bo’ladi. Shu boisdan ona tilini asrab-avaylash, uning mavqeini yanada mustahkamlash, rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida qaraladi.
Ona tilimiz — millatimizning ruhi, tariximizning ko’zgusi, milliy ma’naviyatimizning asosidir. Shunday ekan, ona tilimizni e’zozlash, munosib hurmat hamda ehtirom ko’rsatish barchamizning muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir!
Aziz vatandoshlar!
Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni ulug’ bayram bilan samimiy tabriklayman!
Hurmat bilan,
“O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N.Otajonov

Loading

//