Jamiyat tashkil topganligining 24 yilligi munosabati bilan tabrik.

Аziz hamkasblar va qadrli hamkorlar!
Jamiyatimiz tashkil topganligining 24 yilligi munosabati bilan Sizlarga samimiy tabriklarimni izhor etmoqchiman!
Mana 24 yildirki Jamiyatimiz O‘zbekiston lizing bozorida yetakchi o‘rinni egallab, yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Muhtaram yurtboshimizning alohida e’tiborlari tufayli bu yil “O‘zagrolizing” AJ ustav kapitali oshirilib, xorijiy moliya bozoridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yirik miqdorda mablag‘larni jalb etish imkoniyati yaratildi hamda Jamiyat faoliyati yanada kengaytirildi.
Bu mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi rivojiga, fermer xo‘jaliklari va klasterlarga salmoqli hajmlarda lizing xizmatini ko‘rsatishga yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda lizing faoliyatini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, tizim xodimlarining malakalari muntazam ravishda oshirilib kelinmoqda.
Fursatdan foydalanib, uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi sohasi hamda Jamiyatimiz rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan hamkorlarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Hurmatli hamkasblar,
Jamiyatimiz tashkil etilganligining 24 yilligi munosabati bilan yana bir bor tabriklayman hamda Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ishlaringizda muvaffaqqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
“O‘zagrolizing” AJ xodimlari nomidan boshqaruv raisi
N. Otajonov

Loading

//