AOKAda “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva tizim koʻrsatkichlari va murojaatlar bilan ishlash yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi:
Oʻtgan 9 oyda “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan 287 mlrd. 165 mln. soʻmlik 1 349 dona xar hil turdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berildi.
2023-yilning oʻtgan davrida murojaatlar bilan ishlash boʻlimiga jami 48 ta jismoniy va yuridik shaxs murojaatlari kelib tushgan.
Jumladan, Prezident Virtual qabulxonasi orqali 6 ta, Jamiyatning elektron pochtasi orqali 1 ta, Jamiyatning ishonch telefoni orqali 2 ta, Boshqaruv raisi nomiga yozilgan yozma murojaatlar 39 tani tashkil etadi.
Batafsil

Loading

//