O‘zbekiston-Germaniya: Ilg‘or texnikalarni sohaga tatbiq etish–bugungi kun talabi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-may kunlari Toshkent shahrida III Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlarini koʻrsatish hamda oʻzaro manfaatli loyihalarni kelishish uchun qulay maydondir.
Shu maqsadda, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov, dunyo miqyosidagi qishloq xo’jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi “CLAAS” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Muloqot davomida, kompaniyalar oʻrtasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, Germaniya qishloq xoʻjaligida texnologiyalarning samarali yo’lga qo’yilganligi hamda ushbu tajribani yurtimizda keng joriy qilish, agrosanoat majmuasi va klasterlarga 2024-2025-yillarga mo’ljallangan innovatsion texnikalarni “O’zagrolizing” orqali fermerlarga yetkazib berish masalalari muhokama markazida boʻldi.
Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda kelgusidagi samarali hamkorlik va investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida qilinishi lozim boʻlgan ishlar koʻlami belgilab olindi.