Barcha birdek harakat qilsa samaradorlik hamda natijaga erishiladi.
Kuni kecha “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov Farg’ona viloyatidagi Xitoyning “SHANDONG SWAN COTTON INDUSTRIAL MACHINERY” kompaniyasi hamda “FERGHANA SWAN COTTON INDUSTRIAL MACHINERY STOCK SO” MCHJlari o‘rtasida yillik 200 dona yuqori texnologiyali 4MZ-4 paxta terish mashinalarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish borasidagi qo‘shma korxonasini ko‘zdan kechirdi.
Bugungi kunda Jamiyat tomonidan ushbu kompaniyada ishlab chiqariladigan paxta terish mashinalari uchun 80 dan ortiq shartnomalar imzolangan bo’lib, ayni paytda avans mablag’larini tushirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Boshqaruv raisi N.Otajonov dasturidan joy olgan navbatdagi obyekt – Jamiyatning Farg’ona viloyat filiali bo’ldi.
Nodir Otajonov filialni ko’zdan kechirar ekan, u yerda mavjud texnikalar bilan tanishib, yuqori unumli texnikalar hamda mini va chopiq traktorlarni o’z vaqtida fermerlarga yetkazish bo’yicha viloyatdagi mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Muloqot so’ngida Jamiyat boshqaruv raisi: “Barcha birdek harakat qilsa, samaradorlik hamda natijaga tezroq erishiladi”, degan go’yani ilgari surdi.