Shaxmat – aql charxi mashqi.

Darhaqiqat, aqliy saloyohiyatni yanada kuchaytirish, mantiqni ishga solish orqali Shox va Mot o’yinlarida raqibning fikrlariga qarshi o’yin olib borish, zehn va idrokni yana mustahkamlashga yordam beradi.
“Sog’ tanda – sog’lom aql” degan shiorni ilgari surgan “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xodimlari bu safar aql charxida o’zlarini sinab ko’rishdi.
Musobaqa davomida raqiblari bilan kurash olib borgan xodimlar, shaxmat o‘yini aslida bir qarashda sodda emasligiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi hamda katta qiziqish bilan g‘alaba qozonishga intilishdi.
Ushbu o’yinlarni tashkil etishdan maqsad, xodimlar o’rtasida shaxmat musobaqasini yanada kengroq targ‘ib qilish hamda ularni bunday turnirlarga ommaviy ravishda jalb qilish orqali sport malakalarini oshirishdan iboratdir.
O’tkazilgan o‘yinlar so’ngida g‘oliblar natijalariga ko‘ra aniqlandi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Loading

//