14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

“Vatanni himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli burchni ado etib kelayotgan jasur o‘g‘lonlarimiz!”

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz!

O‘z burchini yuksak mas’uliyat bilan ado etayotgan, yurtimiz sarhadlarini himoya qilayotgan jasur va matonatli yigitlarimizga eng samimiy tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Sizlarning kecha-yu kunduz olib borayotgan xizmatlaringiz tufayli yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda. Osuda tonglarimiz, farovon hayotimiz va oilalarimizning tinchligi uchun barchamiz sizlardan cheksiz minnatdormiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat va yuksak zafarlar tilaymiz. Yurt himoyasidagi jasoratingiz va fidoyiligingiz doimo e’zozda bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi

Loading

//