Namangan: har qarich yer – barqaror daromad manbai.
Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan “Chust o‘rikzor” fermer xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalar asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
Umumiy maydoni 12 gektarni tashkil etuvchi hududda sinov tariqasida 2 gektarga oq, qolgan 10 gektariga esa qizil plyonka ostiga “Shinjon” texnologiyasi asosida 76×10 sxemada urug‘lik chigit ekilmoqda. Ekinlar to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarish qilinayotgani suv resurslaridan samarali foydalanish imkonini bermoqda.
Mazkur yondashuv yer unumdorligini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish hamda agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali fermer xo‘jaliklarida yuqori natijalarga erishish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, sifatli urug‘lik tanlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish orqali har bir qarich yerdan unumli foydalanish mumkin.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan bunday yondashuvlar yagona maqsadga xizmat qiladi — yer resurslaridan oqilona foydalanib, ularni barqaror daromad manbaiga aylantirish.
![]()




