To‘raqo‘rg‘on tumanida chigit ekish yakunlanmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanida 2026-yilgi paxta mavsumi doirasida chigit ekish ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Jami 3200 gektar maydonda ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1900 gektarida Shinjоn usuli qo‘llanildi.
Hozirda unib chiqqan maydonlarda dastlabki agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, plyonka ostida qolgan nihollarni qo‘lda ochish, zararkunandalarga qarshi biologik kurashish ishlari tashkil etilgan. Har gektar maydonga o‘rtacha 2000 donadan oltinko‘z hasharoti qo‘yilmoqda.
Tumandagi “Tursunboy Komilov”, “Baxtiyor Ne’matjon Shavkatjon”, “Abdullajonov Ahmadjon”, “Shohidon Burguti” hamda “Namuna Saxovati” fermer xo‘jaliklarida ishlar belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayonlarda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish orqali yuqori hosildorlikka erishish maqsad qilinmoqda. “O‘zagrolizing” AJ tomonidan yetkazib berilgan texnikalar esa mavsumiy ishlarning izchil va samarali tashkil etilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
![]()




