“Komplayens xizmati” yetakchi mutaxassisi vakant lavozimiga e’lon qilingan tanlov jonli efirga uzatildi.
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Komplayens xizmati Yetakchi mutaxassisi lavozimi uchun e’lon qilingan tanlov jarayoni yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlov ochiqlik, shaffoflik va eng munosib nomzodlarni saralab olish tamoyillari asosida o‘tkazildi.
Ushbu tanlov Jamiyatning Facebook rasmiy sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Tanlov jarayoni bir necha bosqichda tashkil etilib, dastlab nomzodlar o‘z bilim va malakalarini aniqlashga qaratilgan test sinovlaridan o‘tkazildi. Ushbu test jarayonida ularning sohaga oid nazariy bilimlari, amaldagi qonunchilikka oid xabardorligi, komplayens yo‘nalishidagi asosiy tushunchalarni qay darajada egallaganliklari baholandi.
Shundan so‘ng, Jamiyat rahbariyati hamda Boshqaruv a’zolari ishtirokida saralangan nomzodlar bilan individual suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, amaliy tajribasi, tahliliy fikrlash qobiliyati, shuningdek, komplayens tizimini samarali tashkil etish va rivojlantirish borasidagi yondashuvlari chuqur o‘rganildi.
Nomzodlarga real ish jarayoniga yaqin bo‘lgan vaziyatlar (case-study) asosida savollar berilib, ularning muammoli holatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, ichki nazorat tizimini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini joriy etish va xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflari ham alohida e’tiborga olindi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng munosib nomzod saralab olinib, uning professional salohiyati hamda lavozim talablariga to‘liq mos kelishi e’tirof etildi.
Mazkur jarayon Jamiyatda kadrlar siyosatini yanada takomillashtirish, tizimga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish hamda komplayens nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
![]()




