“O‘zagrolizing” AJ Sun’iy intellekt alyansi a’zosiga aylandi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati innovatsion rivojlanish va raqamli transformatsiya yo‘lida muhim bosqichga ko‘tarildi. Jamiyat “Sun’iy intellekt alyansi” (Artificial Intelligence Alliance)ning rasmiy a’zosi sifatida e’tirof etildi.
Mazkur a’zolik Jamiyatga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish hamda zamonaviy boshqaruv yechimlarini amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.
Alyans a’zosi sifatida “O‘zagrolizing” AJ quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ldi:
— Alyans faoliyati doirasida axborot, ekspert va uslubiy ko‘mak olish;
— Alyans tashabbuslari, loyihalari va strategik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar kiritish;
— belgilangan tartibda Alyans ishtirokchisi maqomidan axborot va taqdimot materiallarida foydalanish;
— tahliliy materiallar va ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish;
— xalqaro va mahalliy innovatsion ekotizim bilan integratsiyani kuchaytirish;
— sun’iy intellekt asosidagi yangi xizmat va yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish.
Mazkur imkoniyatlar Jamiyat faoliyatida raqamli texnologiyalar ulushini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, ichki jarayonlarni optimallashtirish hamda mijozlarga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu a’zolik orqali “O‘zagrolizing” AJ agrar sohada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tashabbuslarni ilgari surib, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanishga munosib hissa qo‘shadi.
![]()




