Yil boshidan buyon 1 257 dona qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari o‘z egalariga yetkazib berildi.

👍 So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi agrar sektori tub islohotlar bosqichiga kirib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda bozor mexanizmlariga asoslangan yangi rivojlanish modeliga o‘tish jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda.
🚜 Xususan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati hamda “John Deere Finance” o‘rtasida 10 million yevro miqdoridagi moliyalashtirish liniyasini jalb etish bo‘yicha erishilgan kelishuv ushbu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biridir.
🌀 Moliyaviy ko‘rsatkichlar va iqtisodiy samaradorlikni tahlil qiladigan bo’lsak, 2026-yilning 1-aprel holatiga jamiyatning sof foydasi 10,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 mlrd so‘mga yoki 143,5 foizga oshgan.
👍 Lizing xizmatlaridan olingan sof tushum 292,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 148,9 mlrd so‘mga yoki 203,4 foizga o‘sgan.
👍 2026-yil 1-aprel holatiga aktivlar 7 455,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 633,4 mlrd so‘mga yoki 160,9 foizga o‘sgan.
👍 2026-yilda hududlarga jami 3 600 dona zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar hamkorlikda olib borilmoqda.
👍 Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yil boshidan buyon 1 257 dona qishloq xo‘jaligi nexnika va agregatlari o‘z egalariga yetkazib berildi.
Rejaga nisbatan soni bo‘yicha o‘sish –157,1 foiz, qiymati bo‘yicha o‘sish –162,6 foiz
👍 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, hududiy filiallar orqali yetkazib berilgan texnikalar soni 17 044 donani tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yil 1-aprel holatiga kelib, shundan 3 859 dona texnika texnik monitoring ko‘rigidan o‘tkazildi.
Batafsil

Loading

//