Andijonda g‘alla mavsumiga 223 dona kombayn jalb qilinadi.
Andijon viloyatida 2026-yil g‘alla o‘rimi mavsumida jami 223 dona, jumladan 66 dona Keys, 140-dona Klass, 16 dona Vektor va 1 dona boshqa rusumli kombaynlar qatnashishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 28-aprel holatiga viloyatdagi 38 ta taʼmirlash taʼmirlash maskanlariga 223 dona kombaynlardan barchasi taʼmirlash uchun kiritilgan bo‘lib, shundan 169 donasi yoki 76 foizi taʼmirdan chiqarilgan.
Xususan, Paxtaobod tumanida 23 dona (96%), Andijon va Jalaquduq 10 donadan (83%), Asaka 7 dona va Xo‘jaobod 5 dona (71%)dan g‘alla o‘rish kombaynlari taʼmirlangan.
Shuningdek, tuman bo‘yicha kombaynlarni taʼmirlash uchun talab etiladigan 3 mlrd 737 558 mln. so‘m mablag‘dan 2 mlrd 266 mln so‘m yoki 61 foizi o‘zlashtirilib, kombaynlar uchun sifatli ehtiyot qismlar olinishi va taʼmirlanishi taʼminlandi.
![]()




