“AGROPRO EXPO-2022” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Bugun Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan SOF EXPO SAMARKAND ko‘rgazmalar majmuasi tantanali ravishda ochilib,  shu yerda “AGROPRO EXPO-2022” qishloq xo‘jaligi texnikalari, texnologiyalari va sanoat kooperatsiyasi ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmada agrar soha korxonalari uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari, suv va energiya tejovchi texnologiyalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan boshqa mahsulotlar namoyish etilmoqda.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati mazkur tadbirni tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonida bevosita ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning 2 – 4-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zagrolizing AJ Matbuot xizmati

Loading

//