AJDODLAR SIYMOSI ULUG‘DIR!

Bugun 17-fevral kuni Jamiyatning katta majlislar zalida g‘azal mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi, ilm-fan va san’at homiysi, XV-asr adabiyotining buyuk namoyandasi Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 581 yilligi, shuningdek, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, adolatli hukmdor, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi va saltanati  asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jamiyat Boshqaruv raisi Nodir Sobirovich Otajonov boshchiligida, ijroiya apparati, Toshkent viloyati filiali, “Uzmashlizing” MChJ va “Lizing axborot texnologiyalari” MChJ xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirga, buyuk siymolarimizning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Tog‘aev To‘lqin Mamanazarovich taklif etildi.

Olim tomonidan buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib kelayotganligi, insonlar qalbi, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelayotganligi, shuningdek, ulug‘ shoirlarimiz o‘zbek adabiyoti xazinasiga beqiyos ulush qo‘shgan ijodkor hamda nafis so‘z san’atkori bo‘lganliklari haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berildi.

Tadbir yakuni bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, xodimlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburdek buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan yuksak ma’naviy merosni o‘zlariga qaytadan kashf etishdi.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ustoz Tog‘aev To‘lqin Mamanazarovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//