Raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda.

Avval xabar berilganidek, Jamiyat tomonidan lizingga yetkazib berilgan o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikalariga GPS qurilmalarini o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Bugungi kun holatiga Jizzax viloyatidagi 100 dan oshiq texnikalarga mazkur qurilmalar o‘rnatilib, monitoring nazorati olib borilmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, GPS qurilmalarini o‘rnatish, ularni dasturiy va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari to‘liq Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan “Lizing axborot texnologiyalari” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//