NAVOIY IFTIXORIM!

Bugun 9-fevral kuni “Adiblar xiyoboni”da so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir, davlat arbobi, shoir, Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 581 yilligiga bag‘ishlangan Davlat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy san’ati shaydolari, san’atkorlar, madaniyat xodimlari, vazirlik va idoralar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Ulugʻ  bobakalonimizni xotirlab tashkil etilgan tadbirda navoiyshunos olimlar, shoirlar, chet eldan kelgan mehmonlar so‘zga chiqib, Navoiy bobomiz ijodlari, o‘zlarining hazratga bag‘ishlangan she’riy chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.

Tadbir yakunida Alisher Navoiy siymosini yod etib mehmonlar gul qo‘yish marosimida, jumladan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati nomidan Jamiyat va tizim korxonalari xodimlari qatnashib qaytdilar.

Navoiyni har kim, har kuni o‘qish kerak!

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//