Tantanali kuzatuv marosimi va tayinlov

2021-yilning 30-dekabrida “O‘zagrolizing” AJda Jamiyat Boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Karimov Burxan Muminovichni kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jamiyat Boshqaruv raisi N. Otajonov, boshqaruv a’zolari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, hududiy filiallar va tizim korxona rahbarlari va barcha xodimlar ishtirok etdilar.

Jamiyat Boshqaruv raisi Nodir Otajonov Burxan Karimovni samimiy muborakbod etib, “O‘zagrolizing” AJda samarali ish faoliyati davomida orttirgan obro‘-e’tibori, Jamiyat rivojiga qo‘shgan xissasi yuzasidan amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ma’lumot uchun: B.M. Karimov “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvining 2021-yil 27-sentyabrdagi majlis bayonnomasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishlik rozilik xatiga asosan, “Avtosanoat Agro Lizing”ga rahbar etib tayinlandi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//