Men buyuk ajdodlar avlodiman

“O‘zagrolizing” AJ markaziy binosida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti aks etgan “Jahon madaniyatida Sohibqiron Renessansi”, shuningdek, buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi “Zahiriddin Muhammad Bobur – yor va diyor kuychisi” mavzularida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda o‘zbek xalqining buyuk siymolari tarixi, ularning hayot tarzlarini, Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini yoritib berishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mansur Yunusov aziz mehmonimiz bo‘lib, o‘zlarining sermazmun ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi mehmonimizga samimiy minnatdorchilik bildirgan holda, ijodiy yutuqlar hamda zafarlar tilab qoladi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//