“Korrupsiyaga qarshi kurash va maxsus ishlar” bo‘limi mutaxassisi lavozimi uchun ochiq tanlov o‘tkazildi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, shaffoflik hamda ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurash va maxsus ishlar” bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimiga nomzodlar bilan suhbat va test jarayonlari tashkil etildi.
Mazkur jarayon jamiyatning rasmiy axborot siyosati doirasida rasmiy sahifalar orqali onlayn efirda jonli tarzda uzatildi. Ushbu amaliyot ochiq tanlov va adolatli baholash tamoyillarini ta’minlash, shuningdek, keng jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Suhbat va test davomida nomzodlarning:
-
korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi nazariy bilimlari va amaliy tajribalari;
-
lizing qonunchiligi bo’yicha tayanch bilimlari;
-
professional malakasi va ishchanlik qobiliyatlari;
-
mas’uliyat, intizom kabi kasbiy-axloqiy fazilatlari keng qamrovda baholandi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bu kabi ochiq jarayonlar orqali o’z faoliyatida shaffoflik, javobgarlik va korrupsiyaga murosasiz munosabat tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.