NAVOIY VILOYATIDA “PAXTA – 2025” TERIM MAVSUMIGA START BERILDI.
Fermer xo‘jaliklari mavsumni sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida chigit ekish bosqichidanoq ishlarni puxta rejalashtirishgan bo’lib yerga chigitni zamonaviy paxta terim kombaynlari uchun moslab qadashgan. Endilikda esa terim jarayoni boshlandi.
Mazkur tadbir oldidan Qiziltepa tumanining O‘rtacho‘l hududida seminar o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Normat Tursunov, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining viloyat filial vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda fermer xo‘jaliklari ishtirok etishdi.
Jarayon doirasida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing asosida yetkazib berilgan 15 dona zamonaviy paxta terim kombaynlari fermerlarga tantanali ravishda topshirildi hamda barcha kombaynlar hududlarga yo‘l oldi va shu tariqa “Paxta – 2025” mavsumiga rasmiy start berildi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda Qiziltepa tumanida 231 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 5 965 gektar maydonda paxta yetishtirilgan.