Farg’ona viloyati dalalaridagi paxta terish mashinalari yig‘im-terim jarayonini tezlatmoqda.

Ayni kunlarda viloyat dalalarida paxta yig‘im terimi jadal sur’atlarda davom etmoqda. “O‘zbekiston” tumanidagi mirishkorlar ham yuksak marralarni ko‘zlab xirmon ko‘tarishyapti.
Tumandagi mavjud 165 ta fermer xo‘jaligining 4 ming 100 gektar maydonida “oq oltin”ni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish choralari ko‘rilgan. Terimga “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazilgan zamonaviy mashinalarning jalb etilgani esa ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Namuna MMTP hududidagi “Nosir chavandoz” fermer xo‘jaligi paxtakorlari ham 22 gektar maydonda yetishtirgan “S-8290” navli paxta hosilini terib olish jarayonlarida ana shunday terim mashinalaridan foydalanmoqda.
Bir kunda 20 tonnadan ziyod paxta teradigan mashinalar yordamida mehnat unumdorligini 2-3 marta oshishi, terish ishlarining tannarxini sezilarli kamayishi, terim muddatini 8-10 kunga qisqarishi va eng muhimi qo‘l kuchiga bo‘lgan ehtiyojni keskin kamayishiga erishilmoqda.

Loading

//