RASMIY BAYONOT!

“Muxbir Daliyev” telegram kanalida tarqatilgan texnika yetkazib berilmayotganligi to‘g‘risidagi e’tirozlar o‘rganib chiqilayotganligini va natijasi to‘g‘risida tez orada ma’lumot berilishini bildiramiz.
Ma’lumot uchun, Jamiyat tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida umumiy qiymati qariyb 150 mlrd. so‘mlik 1370 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing oluvchilarga topshirilgan.
O‘z navbatini kutib turgan lizing loyihalari doimiy diqqat-e’tiborimizda va texnikalarni lizing shartnomasida ko‘rsatilgan muddat ichida yetkazib berish borasida biz tomonimizdan barcha choralar ko‘rilmoqda.
Zarur hujjatlar to‘plamini taqdim qilib, avans mablag‘ini to‘liq shakllantirgan lizing oluvchilarimizga, o‘zaro tuzilgan lizing shartnomasining ijro holati, texnikani yetkazib berishning taxminiy muddatlari va shu bilan bog‘liq boshqa masalalarda ma’lumot olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jamiyatning barcha viloyat markazlarida joylashgan hududiy filiallariga yoki Ijroiya apparatining mas’ul xodimiga (+99871 207-30-43) murojaat qilishni tavsiya qilamiz.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//