Xitoy kompaniyalari bilan yangi yo‘naishlar.

“O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni mahalliy bozor va eksportga yo‘naltirish” bo‘yicha “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov, Xitoy Xalq Respublikasining TCA – Zhucheng Xinxundong Machinery Co., LTD kompaniyasi vakillari hamda Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Nurli bog‘ 2020” MCHJ rahbari H.Asadov bilan ushbu hududda meva-sabzavotlarni qayta ishlash uskunalarini moliyalashtirish va hamkorlik qilish yuzasidan muzokara o‘tkazdi.
O‘tkazilgan muzokara davomida, TSA – ushbu sohada Xitoydagi uchta yirik kompaniyalardan biri ekanligi, 25-yillik tajribaga egaligi, bugungi kunga qadar 100 ga yaqin meva-sabzavotlarni qayta ishlash zavodlarini qurib bitkazib foydalanishga topshirganligi, asosan ularning uskunalari yordamida jem, ketchup, bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, qovurilgan kartoshka (fri) ishlab chiqarilayotganligini bildirildi.
Xususan, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan mevalarni ko‘p qismi uvol bo‘lib ketishni oldini olish maqsadida, TSA kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan imkoniyatlaridan foydalangan holda meva-sabzavotlarni qayta ishlash, jumladan, quritish (akustik va sublimatsion usulda), bolalar ovqatlari, djemlar, konsentratlar, tabiiy soklar va sirkalarni tayyorlash, meva va sabzavot qoldiqlaridan parranda va baliqlar uchun ozuqa tayyorlash bo‘yicha zamonaviy uskunalarni belgilangan talablar asosida yetkazib berish bo‘yichafikrlar almashildi.
Shuningdek, ichki imkoniyatlardan kelib chiqib mazkur uskunalar o‘rnatilgan agrologistika komplekslarida yiliga 100 ming tonnagacha mevalarni qayta ishlash rejasi ishlab chiqilayotgani ta’kidlandi.
Muzokaralar davomida, kompaniya vakillari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida mahalliy hamkorlar yoki mahalliy distribyutorlar bilan hamkorlik qilish va birgalikda meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish uchun sarmoya kiritish niyati borligini ma’lum qildi.

Loading

//