Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash – dolzarb mavzu.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-431-sonli qaror hamda “Tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi”ni joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida markazlashgan mashina traktor parki o’z faoliyatini boshladi. MTPining ochilishida Jizzax viloyat hokimligi, fermer va tomorqa yer egalari kengashi, mahallalar uyushmasi vakillari hamda “O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi Nodir Otajonov ishtirokida zamonaviy texnikalarni namoyish qilish va ushbu texnikalarning imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etish maqsadida ko‘rgazmali seminar ham tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarining samaradorligi, ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar va lizing shartnomalari asosida texnikalarni xarid qilish imkoniyatlari yig‘ilganlarga batafsil tushuntirildi.

Loading

//