Korrupsiyaga qarshi kurash – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirok etib, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki hamda maʼruzasi tafsilotlari, belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda bu illatga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalariga qaratildi.
Shuningdek, korrupsiyadan xoli muhit yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish va ushbu yo‘nalishda samarali nazorat tizimini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, jumladan, tizimdagi har bir xodimning mas’uliyatini oshirish, ichki nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, Jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi strategiya va chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.