Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish borasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida, Xitoyning “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co., Ltd” kompaniyasi vakillari va “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisi N.Otajonov ishtirokida navbatdagi muzokaralar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish masalalari hamda innovatsion yechimlarni joriy etish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xitoy tomonidan muzokaralarda kompaniya ta’sischisi Mrs. Che Zoom platformasi orqali ishtirok etib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va agrotexnika parkini zamonaviy uskunalar bilan boyitish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. Muzokaralar natijasida, “O‘zagrolizing” AJ va “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda uzoq muddatli strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishildi.
Mazkur uchrashuv o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining mamlakatimiz fermerlariga yetkazib berish jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Loading

//