Navro‘z — yasharish va yangilanish timsoli.

Yurtimizda azaldan ushbu bayram o‘zgacha shukuh va muhabbat bilan kutib olinadi. Navro‘z nafaqat tabiatning yasharishi, balki inson qalbining ezgulik va mehr bilan to‘lishi, jamiyatda do‘stlik va ahillik mustahkamlanishining ramzidir. Ushbu kunlarda har bir xonadon, har bir ko‘cha-kuyda shodiyona hukm suradi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida ham Navro‘z bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Tashkilot xodimlari o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik bilan ushbu ayyomni qarshi olmoqdalar. Bayram munosabati bilan milliy urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi sumalak va boshqa bahoriy taomlar tayyorlanib, ulashilmoqda.

Loading

//