“O‘ZAGROLIZING” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA LIZING MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN JONLI MULOQOT TASHKIL ETILDI.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan ta’minlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Nasirdinov hamda Boshqarma boshliqlari ishtirokida onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyatidagi fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bevosita savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Onlayn formatda o‘tkazilgan muloqot davomida lizing asosida texnika va uskunalar xarid qilish tartibi, shartlari, moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, mavjud imtiyoz va preferensiyalar haqida batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, fermerlar tomonidan lizing bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining soddalashtirilishi, texnikalarni yetkazib berish muddatlari, to‘lov shartlari hamda boshqa amaliy jihatlar yuzasidan turli savollar yo‘llandi. Mutasaddi rahbarlar ushbu masalalar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berib, fermerlarning taklif va muammolari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladilar.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati kelgusida ham fermerlar bilan bunday muloqotlarni muntazam o‘tkazish, sohadagi muammolarni tizimli ravishda o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga tayyor ekanligini bildirdi.
Jonli muloqotni ko‘rish
Muloqot

Loading

//