Hurmatli qishloq xo‘jaligi sohasini fidoyi vakillari, aziz yurtdoshlar!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Siz azizlarni tabiat uyg‘onishi, yangi hayot boshlanishi va ezgu niyatlar timsoli bo‘lgan Navro‘zi olam bayrami bilan samimiy qutlaydi!
Navro‘z – bu nafaqat bahorning kirib kelishi, balki yangilanish, saxovat va baraka ramzi hamdir. Ajdodlarimiz ushbu ayyomni dehqonchilik ishlarining boshlanishi, mo‘l hosilga umid bilan bog‘laganlar. Bugun ham Siz – fidoyi mehnatkash dehqon va fermerlar sababli dalalarimizda hosillar gurkurab o‘smoqda, xalqimiz dasturxoni to‘kin bo‘lmoqda.
Ushbu yangilanish bayrami munosabati bilan, Sizga,Yaratgandan mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik, ishlaringizga rivoj va barokatlar, yangi marralarni zabt etishingizda kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
 
Hurmat bilan,
“O‘zagrolizing” AJ jamoasi

Loading

//