Raqamli texnologiyalar asosida lizing obyektlarining texnik monitoringi amalga oshirilmoqda.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing asosida taqdim etilgan har bir o‘zi yurar texnikaga GPS qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, bu orqali lizing obyektlarining texnik monitoringi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 27-mart holatiga ko‘ra, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi hududiy filiallarga yetkazib berilgan o‘zi yurar texnikalarga jami 1 896 ta GPS qurilmasi o‘rnatildi.
Xususan, ushbu GPS qurilmalari quyidagi texnikalarga o‘rnatilgan:
Paxta terish mashinalari – 372 ta;
G‘alla o‘rish kombaynlari – 293 ta;
Haydov traktorlari – 768 ta;
Chopiq traktorlari – 446 ta.
Shu bilan birga, lizing asosida yetkazib berilgan texnikalar uchun lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikning oshib ketishini oldini olish va uning undirilishida GPS monitoring tizimi samarali natija bermoqda. GPS qurilmalarining o‘rnatilishi natijasida lizing to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorlik miqdori bosqichma-bosqich kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Loading

//