Chigit ekish mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Qoraqalpog’iston Republikasining Taxiatosh tumanida bu yilgi hosil uchun chigit ekish mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Xo‘jayli tumanlari hokimlari, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari hamda paxta klasterlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida davlatimiz rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan e’tibor, berilgan imkoniyatlar haqida keng tarzda ta’kidlab o‘tildi. Chigit ekishning sifatli usullari va fermer xo‘jaliklari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida yaxshi niyatlar bilan dalalarga dastlabki urug‘lar tashlanib, tumanda ekish ishlari boshlab yuborildi.

Loading

//