“Rahbar va Yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.

Ayni daqiqalarda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari ishtirokida “Rahbar va Yoshlar” uchrashuvi o’tkazilmoqda. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularga sohaning dolzarb masalalari haqida tushuncha berish hamda lizing sohasidagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot taqdim etishdir.
Tadbirni “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov boshlab berdi. Jamiyat boshqaruv raisi o’z nutqida, lizingning qishloq xo’jaligini rivojlantirishdagi o’rni, uning samaradorligi va qishloq xo’jaligi texnikalari bo’yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Shuningdek, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoshlar uchun taqdim etilayotgan amaliy imkoniyatlar, shu jumladan, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilg’or texnologiyalarni joriy etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so’zladi.
Uchrashuv davomida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan lizingning tarixi, uning qishloq xo’jaligi sohasida qo’llanilishi hamda texnikalar va uskunalarning afzalliklari haqida interaktiv ma’lumotlar bilan tanishtirdilar. Tadbirda yoshlar lizing sohasiga oid savollarni o’rganib, bu boradagi bilimlarini kengaytirdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan o’zaro fikr almashish va tajriba orttirish imkoniyatlari yaratildi. Uchrashuvda talabalar o’zlarining kelajakdagi faoliyatlarida lizing tizimi va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash sohasida yangi g’oyalar va takliflar ilgari surish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, yoshlarni jamiyat hayotiga faol qo’shish, ularni o’z sohasidagi eng zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish va lizing sohasidagi imkoniyatlardan keng foydalanish borasida muhim qadamni tashlashlarida turtki bo’lishdan iborat.

Loading

//