“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimli ravishda texnikalar lizing asosida taqdim etilmoqda.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati fermerlarga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini taqdim etishda o‘zining keng ko‘lamli va tizimli ishlarini davom ettirmoqda. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va fermerlarga samarali ish yuritish imkoniyatlarini yaratish uchun texnikalar lizing asosida ularga yetkazib berilmoqda.
Jumladan:
  • Jamiyatning Jizzax viloyat filiali tomonidan “Ifor servis” MCHJ korxonasiga 4 dona TD5 KF texnikasi, “Forish cho’qqisi” korxonasiga 2 dona Т6070, “Mirzacho’l tex xizmat” fermer xo’jaligiga 2 dona TD5 hamda “Dimond tex xizmat” korxonasiga 2 dona Т6070 texnikalari taqdim etildi. Ushbu texnikalar fermerlarga yer ishlovini avtomatlashtirish va hosilni to‘g‘ri va samarali yig‘ish imkonini yaratadi.
  • Jamiyatimizning asosiy maqsadi — qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash va fermerlarga o‘z ishlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Bu esa o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini va hosildorligini oshirishga yordam beradi.

Loading

//