Jahon Banki delegatsiyasi vakillari bilan Zoom platformasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

O’zagrolizing aksiyadorlik jamiyatida Jahon Banki tomonidan 2025-yilda lizing faoliyatini diversifikatsiya qilish va qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, shuningdek, kelgusidagi lizing loyihalarini amalga oshirishda qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha ishlanmalar davom etmoqda.
Ushbu jarayonlar doirasida, ayniqsa, lizing sohasidagi innovatsiyalarni joriy etish va resurslarni samarali boshqarish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqilmoqda.
Shu bilan birga, kuni kecha Jamiyatning Boshqaruv raisi o’rinbosari A. Nasirdinov va Jahon Banki koordinatori Bayarsayxan Tumurdavaa delegatsiyasi vakillari bilan Zoom platformasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, lizing faoliyatini kengaytirish, yangi strategiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish borasida tomonlar o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, uchrashuvda jamiyatning kelajakdagi lizing loyihalari uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish, shuningdek, Jahon Banki bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga doir takliflar va tavsiyalar bildirildi. Bu jarayonlar amalga oshirilishi natijasida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining lizing bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlash va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish imkoniyatlari ochilishi kutilmoqda.
Shu o’rinda, tomondan ta’kidlanganidek, mazkur uchrashuvning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va lizing sohasida yangi yuqori texnologik yechimlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

Loading

//