“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2025-yil 12-iyun kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat binosi majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.

Jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish 2025-yil 12-iyun kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

   1.Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

   2.Jamiyatning 2024-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.

   3.Jamiyat Kuzatuv kengashining 2024-yildagi faoliyati bo‘yicha kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.

   4.Jamiyatning 2024-yil faoliyati natijalari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish va tasdiqlash.

   5.Jamiyatning 2024-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.

   6.Jamiyatning 2024-yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash. Dividendlar miqdorini, uni to‘lash shakli, muddati va tartibini belgilash.

   7.Jamiyatda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini eshitish.

   8.Jamiyat tomonidan mazkur jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash.

   9.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi PQ-67-sonli qarori doirasida tuziladigan yirik bitimlarni tasdiqlash.

   10.“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Ustavi yangi tahririni tasdiqlash.

   11.“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash.

   12.“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroiya organi – Boshqaruv to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash.

Jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sanalar:

– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2025-yil 19-may;

– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi: 2025-yil 6-iyun.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.

Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

 

O‘zagrolizing” AJ Kuzatuv kengashi

Loading

//