Yuqori texnologiyalar asosidagi hamkorlik: Farg‘ona viloyatida paxta terish mashinalarini yig‘ish ishlari o‘rganildi.

Kuni kecha Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari A.Tursunov hamda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Nasirdinovlar Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Swan Cotton Industrial Machinery” kompaniyasi va Farg‘ona viloyatidagi ushbu kompaniya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ferghana Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co” qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida mas’ullar tomonidan ushbu qo‘shma korxonada 4MZ-4 yuqori texnologiyali paxta terish mashinalarini yig‘ish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari bevosita ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ushbu jihozlar mahalliylashtirish asosida yig‘ilayotgani va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida paxta yetishtirish jarayonini mexanizatsiyalashtirishda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.
Mazkur qo‘shma korxonadagi faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Ushbu tashrif natijalari asosida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va loyiha doirasida yangi qadamlar belgilab olindi.
Shandong Swan Cotton Industrial Machinery kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va “O‘zagrolizing” AJ bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik orqali Farg‘ona viloyatida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari sanoati bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda.

Loading

//