AYOL BORKI DUNYO BARHAYOT
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 7-mart sanasida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Boshaqaruv raisi N.S. Otajonov so‘zga chiqib, “O‘zagrolizing” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Respublikada Prezidentimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ayollarning jamiyatda tutgan mavqeini oshirish, ularga ta’lim olishda berilayotgan imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tib, jamiyatimiz rivoji yo‘lida olib borayotgan zahmatli mehnatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Shu o‘rinda Prezidentimizning bayram tabrigida yurtimiz ayollariga qarata aytilgan ushbu so‘zlarini takrorlab o‘tishimiz joizdir:
“Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa.
Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yeru osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz”.
Siz borsiz bu hayot davom etadi,
Mehr chashmangizdan ichmagan kim bor?!
Duolar qilsangiz, dardlar ketadi.
Bir minnat toshini otmaysiz zinhor.
Siz sabab osuda urmoqda yurak.
Aziz opa-singillar bayram muborak!!!
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xodimlari jamoasi aziz xotin-qizlarimizni eng go‘zal va eng yorqin bahor bayrami – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin yurakdan tabriklaydi!
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati